Felix Nazar AI — videokuzatuv kameralaridan keladigan oqimlarni neyrotarmoqlar orqali tahlil qiluvchi vizual monitoring platformasi. Odam, transport, uskuna va ombor faolligini avtomatik aniqlaydi, ANPR o'qiydi va tahliliy hisobotlar shakllantiradi.
Texnik topshiriqdagi barcha vazifalar sun'iy intellekt orqali avtomatlashtirilgan.
Obyektga videokuzatuv kameralari o'rnatiladi va RTSP oqimlari platformaga ulanadi.
Har bir obyekt jarayonlari 30 kun davomida tahlil qilinib, AI modeli moslashtiriladi.
Neyrotarmoqlar odam, transport, uskuna va qoldiqni real vaqtda aniqlaydi.
Tahliliy hisobotlar shakllantiriladi, xatarlar bo'yicha bankka tezkor xabar yuboriladi.
Kadastr raqami bo'yicha yer uchastkasi, bino va xonadon ma'lumotlarini soniyalarda oling — UZKAD, open.ngis.uz va Davreestr.uz manbalari bitta passportga birlashtiriladi.
Kadastr raqamini kiriting — natija yangi oynada ochiladi
Platforma davlat axborot tizimlari bilan REST/gRPC API va "Elektron hukumat" idoralararo integratsiya platformasi orqali ishlaydi. Mijoz talabiga ko'ra istalgan davlat xizmatiga integratsiya qilib beramiz.
Kerakli xizmat ro'yxatda bo'lmasa ham — texnik reglament asosida qo'shimcha integratsiya mijoz talabiga ko'ra amalga oshiriladi.
Demo to'liq brauzerda ishlaydi — internetdan tayyor videolar ustida AI real vaqtda obyektlarni aniqlaydi. O'z videongizni ham yuklab sinashingiz mumkin.
Kirish Demoni ochish